Mustaqillik bayrami va Bilimlar kuni — yangi o'quv yili boshlandi

1-sentabr munosabati bilan maktabda tantanali tadbir o'tdi, 1-sinf o'quvchilariga Prezident sovg'alari topshirildi.

Maktabimizda 1-sentabr — Mustaqillik kuni hamda Bilimlar kuni munosabati bilan ko'tarinki ruhdagi bayram tadbiri o'tkazildi. Unda Vatan mustaqilligining tarixiy ahamiyati, tinchlik va osoyishtalikning qadri haqida so'z yuritildi.

Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo'ygan 1-sinf o'quvchilariga Prezident sovg'alari topshirildi va "Salom, maktab" shiori ostida suratga tushildi.

Смотреть все