2026–2027-o'quv yilida yagona maktab formasi talablari

O'g'il va qiz bolalar uchun forma talablari eslatildi: sport kiyimi va djinsi taqiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga hamda maktabning ichki tartib-qoidalariga muvofiq, 2026–2027-o'quv yilida barcha o'quvchilar uchun yagona maktab formasi belgilangan.

O'g'il bolalar uchun: oq ko'ylak (klassik uslubda), to'q ko'k yoki qora rangli shim va pidjak/jilet, klassik poyabzal.

Qiz bolalar uchun: oq bluzka (ko'ylak), to'q ko'k yoki qora rangli yubka (tizzadan pastda) yoki shim hamda pidjak/jilet, klassik poyabzal.

Muhim: o'quvchilarning maktabga sport kiyimi, djinsi, yorqin rangli va tartibga mos kelmaydigan liboslarda kelishi taqiqlanadi. Sport formasi faqat jismoniy tarbiya darslarida kiyiladi.

Barchasini koʻrish