2025–2026-o'quv yili yakunlari: sertifikatli ustozlar va o'quvchilar soni oshdi

42 nafar pedagogdan 18 nafari, 7–11-sinflarning 138 nafar o'quvchisidan 55 nafari milliy yoki xalqaro sertifikat oldi.

Maktab jamoasi 2025–2026-o'quv yilida ta'lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish va o'quvchilarning intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish bo'yicha tizimli ish olib bordi.

42 nafar pedagogdan 18 nafari o'z fanlari va xorijiy tillarni bilish darajasi bo'yicha turli darajadagi xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qo'lga kiritdi.

7–11-sinflarda tahsil olayotgan 138 nafar o'quvchidan 55 nafari turli yo'nalishlarda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'ldi. Muvaffaqiyatlar asosan xorijiy tillar (CEFR, IELTS), aniq va tabiiy fanlar hamda ona tili va adabiyoti fanlariga to'g'ri keladi.

Barchasini koʻrish